Infratuzilma

Hardware as a Service

Kapital xarajatlarsiz ajratilgan jismoniy serverlarni ijaraga olish. Siz bulutli to'lov modelining moslashuvchanligi bilan bare-metal unumdorligini olasiz.

Narxni hisoblash
Bare-metal
Unumdorlik
99,95%
Uptime SLA
24/7
Texnik yordam

Bizga O'zbekiston bozorining yetakchilari ishonishadi

UZPOSTFreedom PayAloqabankApexbankTexnomartNMMCUniversalbankTenge BankAlifGoSafiaМинздравTok BorUZPOSTFreedom PayAloqabankApexbankTexnomartNMMCUniversalbankTenge BankAlifGoSafiaМинздравTok Bor

Narx kalkulyatori

Ajratilgan server konfiguratsiyasini tanlang

Server konfiguratsiyasi
Ijara muddati
Oylik narx QQS bilan
1 500 000 so'm
CPUIntel Xeon Gold (8C/16T)
RAM32 ГБ
Disk240 ГБ NVMe SSD
Tarmoq100 Mbit/s
RemoteiDRAC/iLO
Jami QQS bilan1 500 000 so'm
* Ko'rsatma narx. Aniq hisob-kitob — savdo menejeri orqali.

Infratuzilma yechimlari tarkibi

Hisoblash resurslari

Har qanday konfiguratsiyadagi serverlar (High-density, GPU-optimized, High-RAM).

Ma'lumotlar saqlash tizimlari (MST)

Ma'lumotlar bazalari uchun o'ta tezkor All-Flash massivlaridan tortib, arxivlar uchun katta hajmli saqlash omborlarigacha.

Tarmoq uskunalari

Operator darajasidagi kommutatorlar, marshrutizatorlar va tarmoqlararo xavfsizlik ekranlari (Firewalls).

Muhandislik infratuzilmasi

Stoykalar, PDU va jismoniy parametrlarni monitoring qilish tizimlari.

Kimga to`g`ri keladi

Unumdorlik

High-performance yuklari

Ma'lumotlar bazalari, o'yin serverlari, rendering — virtuallashtirish qatlami resurslarni "yeb qo'yishi" (overhead) mutlaqo to'g'ri kelmaydigan vazifalar.

Xavfsizlik

Izolyatsiyalangan tizimlar

Jismoniy izolyatsiya va gipervizor qatlami yo'qligini talab qiladigan moliyaviy va davlat tizimlari.

Moslashuvchanlik

Vaqtinchalik loyihalar

Qimmat "temir" sotib olmasdan, yuklama testi (load testing) yoki dasturiy ta'minot yaratish uchun 3–6 oyga kuchli server ijarasi.

HaaS texnik afzalliklari

Resurslardan 100% foydalanish (No Hypervisor Tax)

Resurslardan 100% foydalanish (No Hypervisor Tax)

Bare Metal modelida siz CPU va RAMga hech qanday virtualizatsiya qatlamisiz to'g'ridan-to'g'ri kirish huquqini olasiz.

Magistral aloqa va TAS-IX

Magistral aloqa va TAS-IX

Barcha uskunalar to'g'ridan-to'g'ri UzCloud tarmog'i o'zagiga (yadroga) 100 Gbit/s gacha tezlikda ulanadi.

Tier III ekotizimi

Tier III ekotizimi

Infratuzilma elektr quvvati, konditsionerlar va aloqa kanallari N+1 sxemasi bo'yicha zaxiralangan, himoyalangan data-markazda joylashadi.

Loyihaga moslashtirish

Loyihaga moslashtirish

Aniq vazifalarga moslab maxsus konfiguratsiyalar yig'amiz: og'ir render-fermalardan tortib, banklarning ABS klasterlarigacha.

Masofadan boshqarish

Masofadan boshqarish

Masofadan turib qayta ishga tushirish va elektr ta'minotini boshqarish uchun iDRAC / iLO / IPMI dostupi. Konsol bilan ishlash uchun — KVM-over-IP.

CAPEX xarajatlarisiz

CAPEX xarajatlarisiz

To'liq xizmat ko'rsatish sikliga ega server ijarasi. Ishdan chiqqan komponentlarni SLA doirasida o'z hisobimizdan almashtirib beramiz.

Bog'liq xizmatlar

HaaS bo'yicha ko'p beriladigan savollar

Biz asosiy e'tiborni sifatli servis va yuqori darajadagi ishonchlilikka (SLA) qaratamiz. "Managed" (boshqariladigan) darajadagi xizmat bizga butun infratuzilmaning barqaror ishlashini kafolatlash va buyurtmachi (ya'ni, sizning adminlaringiz) uyg'onishini kutib o'tirmasdan, har qanday texnik insidentlarni tezkorlik bilan hal qilish imkonini beradi.

Ha, operatsion tizim (OS) darajasida siz to'liq administrator huquqlariga egasiz. Biz "temir" va gipervizorga (agar ishlatilsa) javob beramiz, siz esa o'zingizning ilovalaringiz va ma'lumotlaringizga.

HaaS shartnomasi doirasida biz nosoz uskunani eng qisqa vaqt ichida (odatda 1 soatdan 4 soatgacha) almashtirib berishni kafolatlaymiz. Servislaringiz ishlashini tezkor tiklash uchun bizda doim ehtiyot qismlarning ombor zaxirasi mavjud.

Ajratilgan (videlenniy) uskunani sozlash va montaj qilish murakkabligini hisobga olib, shartnomaning minimal muddati odatda 12 oyni tashkil etadi. Bu narxni so'mda qat'iy belgilash (fiksatsiya) va byudjetingizni valyuta kursining o'ynashidan (sakrashlaridan) himoya qilish imkonini beradi.

UzCloud-ga migratsiya qilishga tayyormisiz?

Arxitektorning bepul tahlili: migratsiya rejasini tuzamiz va ortiqcha xarajatlarni kesamiz.

Formani to'ldiring

Ariza yuborish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash siyosatiga rozilik bildirasiz.