Bulutli xizmatlar

Object Storage S3

AWS S3 API bilan to'liq mos keluvchi masshtablanuvchi obyektli ombor. Media, bekap va datasetlarni cheklovsiz saqlang — faqat ishlatilgan hajm uchun to'lang.

Narxni hisoblash
200 so'mdan
GB uchun oyiga
AWS S3
API muvofiqligi
Ma'lumotlar replikatsiyasi

Bizga O'zbekiston bozorining yetakchilari ishonishadi

UZPOSTFreedom PayAloqabankApexbankTexnomartNMMCUniversalbankTenge BankAlifGoSafiaМинздравTok BorUZPOSTFreedom PayAloqabankApexbankTexnomartNMMCUniversalbankTenge BankAlifGoSafiaМинздравTok Bor

Narx kalkulyatori

Object Storage S3 da ma'lumotlarni saqlash narxini hisoblang

Saqlash klassi
Ombor hajmi100 GB
1 GB100 TB
Chiquvchi trafik (internetga)0 GB/oy
Kiruvchi trafik va UzCloud ichidagi trafik — bepul
Oylik narx QQS bilan
45 000 so'm
100 GB × 45045 000
Jami QQS bilan45 000 so'm
* Dastlabki hisob-kitob. Kiruvchi trafik — bepul.

Obyektli ma'lumotlar omborini qo'llash sohalari

Zaxira nusxalash (Bekap)

Ma'lumotlar bazalari, virtual mashinalar va korporativ fayllar bekaplarini tezkor kirish imkoniyati bilan saqlash.

Statika va media-kontent

Veb-saytlar va mobil ilovalar uchun rasmlar, videolar hamda hujjatlarni saqlash va ulashish.

Arxiv ma'lumotlari

Loglar, yuridik ahamiyatga ega hujjatlar va media-arxivlarni uzoq muddat saqlash.

Data Lakes

Kelajakdagi tahlil va mashinali o'qitish (Machine Learning) uchun katta hajmdagi ma'lumotlarni (Big Data) yig'ish va saqlash.

Kimga to`g`ri keladi

Media

Kontent saqlash va tarqatish

Veb-ilovalar uchun video, surat va hujjatlar. Obyektlarga to'g'ridan-to'g'ri havolalar va vaqtinchalik presigned URL-lar.

Zaxiralar

Ma'lumotlarni zaxiralash

S3 ga VM, ma'lumotlar bazalari va serverlarning avtomatik zaxiralari. Retention siyosatlari eskirgan snapshotlarni jadval bo'yicha o'chiradi.

AI/ML

Mashinaviy o'qitish uchun datasetlar

Terabaytli datasetlarni UzCloud GPU-serverlaridan yuqori tezlikda kirish bilan saqlang.

S3-omborining afzalliklari

Cheksiz masshtablanish

Cheksiz masshtablanish

Real vaqt rejimida yangi disklar xarid qilmasdan va serverlarni qayta sozlamasdan saqlash hajmini oshirish.

Ma'lumotlarni uch karra replikatsiya qilish

Ma'lumotlarni uch karra replikatsiya qilish

Uskunalar ishdan chiqqanda himoyalanish uchun infratuzilmaning turli tugunlarida har bir obyektning avtomatik ravishda uchta nusxasini yaratish.

Trafikni tejash

Trafikni tejash

Ma'lumotlarning Toshkentda joylashuvi mahalliy foydalanuvchilar uchun TAS-IX orqali tezkor kirishni ta'minlaydi.

S3 API mosligi

S3 API mosligi

Kodni qayta yozishga hojat qoldirmasdan, mavjud dasturiy ta'minot va ma'lumotlarni boshqarish vositalari bilan integratsiya qilish.

Saqlash klasslari

Saqlash klasslari

Standard (issiq ma'lumotlar) va Cold (arxiv) — Lifecycle Rules bo'yicha o`zingizga mos klassdan foydalaning.

CDN integratsiyasi

CDN integratsiyasi

Bir klikda — baket tarkibini UzCloud CDN orqali tarqating. Butun O'zbekiston bo'ylab foydalanuvchilar uchun statikani tezroq yetkazing.

Bog'liq xizmatlar

Ko'p so'raladigan savollar

Ma'lumotlarni ko'chirish uchun dasturiy ta'minotingiz sozlamalaridagi endpoint manzilini o'zgartirish va standart CLI yoki GUI mijoz vositalari orqali obyektlarni nusxalash kifoya.

Barcha fayllar Toshkent va Qo'qon shahridagi himoyalangan Tier III darajasidagi data-markazlarda, UzCloud serverlarida saqlanadi.

Hajm bo'yicha cheklovlar mavjud emas. Ombor ma'lumotlaringiz hajmi ortishi bilan birga avtomatik kengayadi va oldindan kvota buyurtma qilish talab etilmaydi.

Ha, tizim ma'lumotlarni avtomatik ravishda replikatsiya qiladi. Alohida disk yoki butun server ishdan chiqqan taqdirda ham ma'lumotlarga kirish boshqa tugunlar orqali saqlanib qoladi.

UzCloud-ga migratsiya qilishga tayyormisiz?

Arxitektorning bepul tahlili: migratsiya rejasini tuzamiz va ortiqcha xarajatlarni kesamiz.

Formani to'ldiring

Ariza yuborish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash siyosatiga rozilik bildirasiz.