Control Plane'ga to'liq ruxsat (access) bilan mikroservislar va CI/CD payplaynlarni deploy qiling. Klaster arxitekturasini o'zingiz boshqarasiz — provayder tomonidan tiqishtirilgan «qora quti» yoki qat'iy cheklovlar yo'q.
Bizga O'zbekiston bozorining yetakchilari ishonishadi

























Kubernetes klasterini sozlang — Control Plane bepul boshqariladi
Monolit ilovalarni avtomatik boshqariladigan mustaqil servislarga ajratish.
Yangi hisoblash nodalarini avtomatik qo'shish orqali keskin yuklamalarni dinamik tarzda boshqaring.
Deploy va testlash jarayonlarini to'liq avtomatlashtirish hisobiga yangi relizlarni bozorga olib chiqishni (Time-to-Market) tezlashtiring.
O'ta muhim ilovalarni O'zbekiston regulyatorlari talablariga to'liq mos ravishda joylashtirish.
GitLab CI, GitHub Actions va ArgoCD klasterga sanoqli daqiqalarda ulanadi. Rolling update va canary deploy'larni prodni (production) bir soniya ham qulatmasdan (Zero Downtime) bajaring.
Kubernetes muhitida Kubeflow, MLflow va Airflow. O'qitish vazifalarini (training jobs) to'g'ridan-to'g'ri GPU-nodalarda rejalashtiring va modellar uchun "version control"ni boshqaring.
Har bir mijoz uchun Namespace darajasida izolyatsiya. Bitta klaster o'nlab jamoalarni bemalol "ko'taradi", resurslar esa ResourceQuota orqali qat'iy taqsimlanadi.
Podlar holatini mustaqil monitoring qilish va nosozlik yuz berganda admin ishtirokisiz ularni qayta ishga tushirish (restart).
Servisga tushayotgan joriy yuklamaga qarab, real vaqt rejimida klaster ishchi tugunlari (worker nodes) sonini o'zgartirish.
Yagona infratuzilma ichida ishlab chiqish (dev), testlash (test) va prodakshn (prod) muhitlarini mantiqiy ajratish.
Foydalanuvchilarning ilovaga kirishini uzib qo'ymaslik uchun relizlarni "Rolling Update" sxemasi bo'yicha amalga oshirish.
Prometheus, Grafana va ELK Stack'ni bitta Helm Chart bilan tezda ko'taring. Klasteringizda nimadir qulasa, Telegram yoki email'ga darhol alert uchib boradi.
Klaster va namespace darajasida RBAC (Role-Based Access Control). Network Policies orqali pod'lar o'rtasidagi trafikni qat'iy jilovlang.
Master-nodalarni boshqarish, yangilash va nosozliklarga chidamliligini ta'minlashni UzCloud to'liq o'z zimmasiga oladi. Siz faqat ishchi tugunlarni va ilovalaringizni boshqarasiz.
Klasterning barcha serverlari va ma'lumotlari O'zbekiston hududidagi himoyalangan Tier III ma'lumotlar markazida jismoniy joylashgan.
Ha, klaster standart CI/CD vositalari bilan to'liq mos keladi, bu istalgan repozitoriydan avtomatik deployni sozlash imkonini beradi.
Klaster ichida podlar o'rtasidagi trafikni boshqarish uchun standart Network Policies mexanizmlari mavjud va tashqi himoya bulut tarmoq ekranlari orqali ta'minlanadi.
Arxitektorning bepul tahlili: migratsiya rejasini tuzamiz va ortiqcha xarajatlarni kesamiz.