O'zbekistondagi yagona mahalliy DBaaS. Avtomatik zaxiralash, failover klasterlar va 24/7 monitoring bilan PostgreSQL, MySQL va Redis — hammasi kiritilgan.
Bizga O'zbekiston bozorining yetakchilari ishonishadi

























Boshqariladigan ma'lumotlar bazasi parametrlarini sozlang
Ma'lumotlar butunligini saqlash va to'lov operatsiyalarini yuqori tezlikda qayta ishlashni kafolatlaymiz.
Tig'iz vaqtlarda unumdorlik pasayishisiz soniyasiga yuzlab so'rovlarni avtomatik qayta ishlash.
Katta hajmdagi tahliliy axborot massivlari bilan tezkor ishlash.
Ma'lumotlar bazalarini lokal infratuzilmadan himoyalangan konturga migratsiya qilish.
PostgreSQL-ni sanoqli daqiqalarda ishga tushiring. Replikatsiya va zaxiralashni sozlashga vaqt sarflamang — diqqatingizni asosiy mahsulotga qarating.
CRM, ERP va moliya tizimlari uchun kafolatlangan SLAga ega HA-klasterlar. Shaxsiy (self-hosted) infratuzilmadan minimal to`xtalishlar bilan migratsiya qilish.
Ma'lumotlarning O'zbekistonda joylashishi, amallar auditi jurnali va PITR — bank regulyatorlari talablariga muvofiq bo'lish uchun barcha zaruriy vositalar.
Eng ommabop uchta MBBTning eng so'nggi barqaror versiyalari. Bitta loyiha doirasida har xil turdagi bir nechta klasterlar.
UzCloud versiyalarni yangilash, xavfsizlik yamoqlari (patchlari) va MBBT tizim muhitini sozlashni o'z zimmasiga oladi.
Asosiy tugun (noda) ishdan chiqqanda, dasturchilar ishtirokisiz zaxira tugunga avtomatik o'tish (failover) klasterlarini sozlash.
Jadval asosida zaxiralash va ma'lumotlarni vaqtning istalgan nuqtasiga qayta tiklash (Point-in-Time Recovery) imkoniyati.
Yuqori tezlikdagi NVMe-disklar va yuklama bo'yicha "qo'shnilar"siz ajratilgan hisoblash resurslariga joylashtirish.
O'rnatilgan monitoring: CPU, IOPS, MB hajmi va sekin so'rovlar. Chegaraviy ko'rsatkichlardan oshganda, to'g'ridan-to'g'ri Telegram-ga webhook-bildirishnomalar.
Managed DBaaS joylashtirish, replikatsiyani sozlash va infratuzilmaga xizmat ko'rsatish jarayonlarini to'liq avtomatlashtiradi. UzCloud xavfsizlik yangilanishlarini o'rnatish va foydalanish imkoniyatini (availability) monitoring qilishni o'z zimmasiga oladi. Bu sizning IT-jamoangizga rutin tizim ma'muriyatchiligiga chalg'imasdan, ma'lumotlar arxitekturasini loyihalash va so'rovlarni optimallashtirishga e'tibor qaratish imkonini beradi.
Barcha bulutli ma'lumotlar bazalari jismonan Toshkentdagi UzCloud'ning Tier III darajasidagi data-markazida joylashgan. Bu TAS-IX tarmog'i orqali ishlashda minimal kechikishlarni (ping) kafolatlaydi va O'zbekiston Respublikasining shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish to'g'risidagi qonunchiligiga to'liq mos kelishni ta'minlaydi.
Zaxira nusxalar belgilangan reglament bo'yicha avtomatik yaratiladi va izolyatsiyalangan omborda saqlanadi. Platforma Point-in-Time Recovery (PITR) texnologiyasini qo'llab-quvvatlaydi, bu esa kodda jiddiy xatolar yuz berganda ham biznes jarayonlar uzluksizligini ta'minlab, ma'lumotlar bazasi holatini o'tmishdagi istalgan aniq vaqtga qaytarish imkonini beradi.
Platforma vCPU, RAM va disk hajmini vertikal masshtablashni qo'llab-quvvatlaydi. Konfiguratsiyani o'zgartirish jarayoni yangi parametrlarni qo'llash uchun minimal texnik tanaffusni talab qiladi, bu ma'lumotlarni serverlar o'rtasida qo'lda ko'chirishdan ko'ra ancha tez va xavfsizroqdir.
UzCloud muhandislari minimal to'xtalish vaqti (Downtime) bilan ko'chirish uchun ekspert maslahatlari va vositalarni taqdim etib, ma'lumotlarni ko'chirish jarayonini kuzatib boradilar. Biz himoyalangan aloqa kanallarini sozlash va lokal muhit yoki boshqa bulutlardan "choksiz" (muammosiz) ko'chib o'tish uchun ma'lumotlar sinxronizatsiyasini ta'minlashga yordam beramiz.
Arxitektorning bepul tahlili: migratsiya rejasini tuzamiz va ortiqcha xarajatlarni kesamiz.