Infratuzilma

Colocation — serverlarni joylashtirish

Server va tarmoq uskunalaringiz uchun professional infratuzilma. Xalqaro Tier III standartlari asosida kafolatlangan elektr ta'minoti, pretsizion sovutish va jismoniy himoya.

Tier III
MBM sertifikatsiyasi
99,98%
Uptime SLA
10 Gbit/s
Ulanish tezligi

Bizga O'zbekiston bozorining yetakchilari ishonishadi

UZPOSTFreedom PayAloqabankApexbankTexnomartNMMCUniversalbankTenge BankAlifGoSafiaМинздравTok BorUZPOSTFreedom PayAloqabankApexbankTexnomartNMMCUniversalbankTenge BankAlifGoSafiaМинздравTok Bor

Qo'llanilish sohalari va foydalanish senariylari

Kritik biznes-tizimlar

Jismoniy izolyatsiya va alohida apparat quvvatlarini talab qiluvchi o'ta muhim (kritik) biznes-tizimlarni joylashtirish.

Tier III ga migratsiya

Korporativ infratuzilmani mahalliy ofis sharoitidan Tier III darajasidagi nosozliklarga bardoshli muhitga ko'chirish (migratsiya).

Zaxira DR maydonchalar

Servislarning uzluksiz ishlashini va falokatlarga bardoshliligini ta'minlash uchun zaxira maydonchalarini tashkil etish.

Tarmoq tugunlari va piring

Minimal ushlanishlar (ping) bilan ishlovchi to'g'ridan-to'g'ri trafik almashish uchun tarmoq tugunlarini ishga tushirish.

Kimga to`g`ri keladi

Banklar va moliya

Tartibga soluvchi talablar

MB va ARRFT talablariga muvofiq O'zbekistonda ma'lumotlarni saqlash. PCI DSS va ISO 27001 auditi uchun sertifikatlangan MBMlar.

Davlat

Suveren infratuzilma

Davlat organlari AT tizimlarini jismonan izolyatsiyalangan zonalarda joylashtiradi. O`zRQ-547 va GRITs talablariga muvofiqlik.

Enterprise

Gibrid bulut

Colocation + UzCloud IaaS — gibrid infratuzilma. Jismoniy serverlar va VM o'rtasida to`g`ridan-to`gri L2 tarmoq.

Colocationning texnik afzalliklari

Uzluksiz elektr ta'minoti

Uzluksiz elektr ta'minoti

N+1 sxemasi bo'yicha UPS va dizel-generatorlar ko'magida ikkita mustaqil elektr tarmog'iga ulanish

Iqlim nazorati

Iqlim nazorati

Uskunani eskirishdan himoya qilish uchun germozonda barqaror harorat va namlikni saqlash

Jismoniy xavfsizlik

Jismoniy xavfsizlik

Ko'p bosqichli kirish nazorati, tun-u kun videokuzatuv va perimetr qo'riqlovi

Aloqa va trafik

Aloqa va trafik

O'zbekistonning eng yirik provayderlari va trafik almashinuv nuqtalariga 10 Gbit/s gacha tezlikda to'g'ridan-to'g'ri ulanish

24/7 monitoring

24/7 monitoring

Navbatchi muhandislar barcha parametrlarni nazorat qiladi: elektr ta'minoti, harorat, namlik va uskunalarning holatini.

Masofaviy boshqaruv (Remote hands)

Masofaviy boshqaruv (Remote hands)

Data-markaz mutaxassislari sizning ko'rsatmangiz bo'yicha barcha ishlarni bajaradi: o'rnatish, kommutatsiya, perezagruzka va komponentlarni almashtirish.

Tariflar va xususiyatlar

Joylashtirish varianti Tavsif Quvvat
Unit joylashtirish 1U dan boshlab muayyan vazifalar uchun ajratilgan stoykalargacha ijara. javonga 10 kVt gacha
Ajratilgan zonalar Maxfiylikni oshirish uchun yopiq panjarali to'siqlar (keyjlar). kelishuvga ko'ra
Texnik xizmat MBM muhandisilari tomonidan asosiy operatsiyalarni bajarish 24/7
Elektr ta'minoti Yuqori yuklamali tizimlar uchun quvvatni individual hisoblash. so'rov bo'yicha

Konfiguratsiya variantlari va nazorat parametrlari

Unit-joylashtirish

1U o'lchamdan boshlab, maxsus vazifalar uchun ajratilgan butun boshli shkaflargacha (stoykalar) ijaraga olish

Ajratilgan zonalar

Maxfiylikni oshirish uchun yopiq panjarali to'siqlar (keyjlar).

Texnik hamrohlik

Data-markaz muhandislari kuchi bilan bazaviy operatsiyalarni bajarish

Elektr ta'minoti

Yuqori yuklamali tizimlar uchun quvvatni individual hisoblash

Bog'liq xizmatlar

Ko'p so'raladigan savollar

Buyurtmachining ruxsat etilgan xodimlari ma'lumotlar markaziga 24/7 tashrif buyurishlari mumkin. Kirish uchun oldindan bir martalik yoki doimiy ariza rasmiylashtirish kifoya. Hech qanday bayram yoki dam olish kunlarisiz — infratuzilmangizga kirish imkoni doimo mavjud.

Biz serverlarni tushirish, vaqtinchalik saqlash va stoykaga o'rnatishni o'z zimmamizga olamiz. Jismoniy ish uchun adminlaringiz vaqtini sarflashingiz shart emas — UzCloud muhandislari hamma narsani reglament bo'yicha amalga oshiradilar.

Har bir qurilmaga standart ravishda ikkita mustaqil quvvat manbai taqdim etiladi. Bitta unit yoki butun stoyka uchun umumiy quvvat chegarasini uskunangizning real ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda individual ravishda hisoblaymiz.

Uskunalar to'g'ridan-to'g'ri Toshkent va Qo'qonda joylashgan qo'riqlanadigan Tier III ma'lumotlar markazida joylashtiriladi. Bu minimal tarmoq kechikishlari va mutaxassislaringiz uchun tezkor kirishni kafolatlaydi.

UzCloud-ga migratsiya qilishga tayyormisiz?

Arxitektorning bepul tahlili: migratsiya rejasini tuzamiz va ortiqcha xarajatlarni kesamiz.

Formani to'ldiring

Ariza yuborish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash siyosatiga rozilik bildirasiz.